Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng mashhur smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng mashhur smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Joriy yil birinchi chorakda «iPhone 11» dunyo bo‘yicha eng mashhur smartfonga aylandi, deya xabar berdi «Omdia».

Joriy yilning dastlabki uch oyida «Apple» 19,5 million dona «iPhone 11» yetkazib berdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb olti million dona ko‘p degani.

«Apple» «iPhone 11»ning bahosi bilan uning funksionalligi o‘rtasida muvozanatni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa smartfonning jozibadorligini oshirdi», — deb yozadi «Omdia».

Mashhurlik bobida ikkinchi o‘rin «Samsung Galaxy A51»ga nasib etdi (6,8 million), «Xiaomi»ning «Redmi Note 8» smartfoni esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Hammasi bo‘lib dastlabki o‘ntalikka «Apple» va «Samsung»ning to‘rttadan hamda «Xiaomi»ning ikkita modeli kiritildi.

Hisobot mualliflari 5G quvvatiga ega yangi «Samsung Galaxy S20+» flagmani yutuqlariga e’tibor qaratishdi. Ushbu modelni uch yarim million mijoz xarid qilishgan. Bu esa dunyoda sotuv bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallashiga va beshinchi avlod tarmoqlarida ishlaydigan eng mashhur smartfonga aylanishiga imkon berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring