«Data Defender» jamoasi kiberxavfsizlik musobaqasida g‘olib bo‘ldi
Joriy yilning 9-10-oktyabr kunlari Toshkent shahrida «Kiberxavfsizlik sammiti - Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024» II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbir doirasida o‘tkazilgan «Cyberkent 2.0»musobaqasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining «Data Defender» jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Ikki bosqichda kechgan musobaqada jamoa a’zolari yuqori professionallik va innovatsion yechimlarni namoyon etib, raqiblaridan ustun kelgan. Murakkab simulyasion tizimlardagi zaif tomonlarni aniqlash va kiberhujumlarni tahlil qilish bo‘yicha berilgan barcha topshiriqlar muvaffaqiyatli bajarilgan.
Ushbu natija Raqamli hukumat markazi a’zolarining yuqori malakaga ega ekanligini va O‘zbekiston kiberxavfsizlik sohasida yuqori natijalarga erishib borayotganini tasdiqlaydi.
«Cyberkent 2.0» g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantirilgan:
Blue team (himoyachi) yo‘nalishi
1-o‘rin –50 mln so‘m
2-o‘rin –30 mln so‘m
3-o‘rin –10 mln so‘m
Red team (hujumchi) yo‘nalishi
1-o‘rin –50 mln so‘m
2-o‘rin –30 mln so‘m
3-o‘rin –10 mln so‘m
Ochiq topshiriqlar
1-o‘rin –10 mln so‘m
2-o‘rin –6 mln so‘m
3-o‘rin –3 mln so‘m
Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlarga sertifikat va esdalik sovg‘alari ham topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter