Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bundan 20 yil oldin Stiv Jobs dunyoga ilk «iMac»ni taqdim etgandi

Bundan 20 yil oldin Stiv Jobs dunyoga ilk «iMac»ni taqdim etgandi

Foto: «ITC.ua»

Original «iMac» o‘zining 20 yoshini nishonlamoqda. «Apple»ning ilk avlod monobloki 1998-yilning 6 may sanasida maxsus tadbirda taqdim etilgan, deb xabar berdi «ITC.ua».

Birinchi «iMac» o‘sha davrdagi kompyuterlardan sezilarli darajada ajralib turgan. U monoblok shaklida, displey va tizimning barcha komponentlari bitta korpusga joylashgan holda ishlangan. Qurilma dizayni ustida Jonatan Ayv ishlangan. «iMac»ga 15 dyuymli ELT-monitori, «PowerPC G3» protsessori, 32 megabayt tezkor xotira va 4 gigabayt qattiq disk o‘rnatilgan. Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyati turli xil eski portlarning o‘rniga rivojlangan USB interfeysidan foydalanishga o‘tganida edi.

«iMac» «Apple»ning tiklanishida muhim rol o‘ynagan. Ushbu mahsulotning tijoriy muvaffaqiyati bir qator omadsizliklardan so‘ng kompaniyani yana «hayotga qaytargan». Buning natijasida kompaniyaning moliyaviy resurslari va kelgusida rivojlanishi uchun aniq yo‘nalish paydo bo‘lgan.

Foto: «ITC.ua»

Keyinchalik «Apple» yangi «iMac»larni ishlab chiqarishda uning dizayniga alohida e’tibor bera boshlangan. Masalan, 2002-yilda taqdim etilgan «iMac» G4 modeli o‘z ko‘rinishi bilan kungaboqarni eslatgan. Unga 15 dyuymli LCD-displey o‘rnatilgan bo‘lgan. Keyinroq mazkur modelning 17 va 20 dyuymlilari ham chiqarilgan.

2004-yilda «iMac G5» modeli chiqqan bo‘lib, u o‘z ko‘rinishi bilan hozirgi podstavkali monoblokka ancha o‘xshash bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan «Apple» 64 bitli «Intel» protsessorlaridan foydalanishga o‘tgan.

2007-yil «iMac» asosan uyda foydalanish uchun ishlab chiqarila boshlangan. Dizayndagi yana bir o‘zgarish ushbu qurilma ofis muhitida foydalanishga moslashtirilgan. 20 va 24 dyuymli displeyga qo‘shimcha ravishda alyuminiyli yangi korpus, 2 yadroli protsessor, simsiz sichqoncha va klaviaturani ulash imkoniyati taqdim etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring