Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyalik dizaynerlar kelajak samolyotlarini namoyish etishdi

Britaniyalik dizaynerlar kelajak samolyotlarini namoyish etishdi

Foto: «The Sun»

Britaniyalik ishlab chiqaruvchilar kelajak samolyotlari salonining dizayn loyihasini taqdim etishdi, deya xabar berdi «The Sun».

Uni ishlab chiqishda asosiy e’tibor yo‘lovchilarni infeksiya tarqalishidan himoya qilishga qaratilgan. Innovatsion uslub, shuningdek, parvoz sifatini yaxshilash va gigiyena darajasini oshirishni nazarda tutadi. O‘rindiqlarni tayyorlashda koronavirus mikroblarini o‘ldirish uchun ultrabinafsha tozalash usullariga asoslangan material ishlatiladi.

Shuningdek, nomi ham o‘zgaradi: ekonom-klass — Pure Skies Zones, biznes-klass esa Pure Skies Rooms deb ataladi. Kelajakning ekonom-klassida ayrim joylar shaxmat tartibida joylashtiriladi. Bu yo‘lovchilar o‘rtasida aloqa darajasini kamaytirishga xizmat qiladi. Ko‘ngilochar televideniya bundan buyon bo‘lmaydi. Uning o‘rniga smartfonni ulash uchun kresloga o‘rnatilgan rozetka bo‘ladi. Yo‘lovchi bemalol shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish uchun sharoit yaratiladi.

Shuningdek, o‘rindiq suyanchig‘ida simsiz quvvat olish qurilmasi o‘rnatiladi. Buklet va jurnallar joylanadigan cho‘ntaklar endi bo‘lmaydi. Negaki, ularda ko‘p axlat va zararli bakteriyalar to‘planadi. Ularning o‘rniga almashtirsa bo‘ladigan xaltachalar joylashtiriladi. «Pure Skies Rooms»da shaxsiy javoncha, parda va katta ekranli televizor bo‘ladi.

Loyiha uch yildan so‘ng amalda tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring