Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz yetakchilik qilishimiz kerak» — Jizzax «ayti»da yangi bosqichga chiqmoqchi

«Biz yetakchilik qilishimiz kerak» — Jizzax «ayti»da yangi bosqichga chiqmoqchi

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatimiz jahon bozorida o‘z «ayti» mutaxassislari bilan tanilishni istaydi. Bugun bu soha yaxshi daromadliligi va keng ko‘lami bilan ajralib turadi. Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish maqsadida bir qator tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bunday ishlardan biri bu Xalq ta’lim vazirligi tashabbusi, «SmartGov» hamkorligida tashkil etilgan maktablarning informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qutuvchilarini «C++» dasturlash tiliga o‘qitilishida ham ko‘rishimiz mumkin.

Jizzax «Xabar.uz» jamoasining navbatdagi manzili bo‘ldi. Muxbirlarimiz viloyatdagi o‘quv seminar jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2021 yil yakunlari va 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida murojaatida «Jizzaxda maktablar IT-sohasiga ixtisoslashtiriladi» degan edi. Viloyatda olib borilayotgan ishlar buning tasdig‘idir.

Jizzaxda 533 ta maktabning 195 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari murakkab dasturlash tili bo‘lgan «C++» bo‘yicha 144 soatlik darslarda qatnashmoqdalar. Darslar kunning ikki qismida 5 soatdan tashkil etilgan bo‘lib, malakali trenerlar tomonidan olib borilmoqda.

«37 yildan beri informatikadan dars o‘taman. Hali yoshlarga ko‘p narsani o‘rgata olaman. «Ayti» sohasida xizmat qilmoqchiman», — deydi oliy toifali o‘qituvchi, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi» unvoni sohibi Abduvali Hamitov.

«Xabar.uz» Zarbdor tumani 9-maktabiga tashrifi davomida «Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasi» jarayonini ham kuzatdi. An’anaviy tarzda aniq fanlardan o‘tkaziladigan bu fan olimpiadasi ko‘plab iste’dodli o‘quvchilarni kashf etadi.

«Zarbdor tumanimizda 38 ta maktab bor. Bugun men matematika fanidan bu olimpiadaga keldim. Matematika «ayti» sohasida juda kerak bo‘ladi. Shu sababli ham shu fanni yaxshilab o‘rganmoqdaman. Maqsadim AKT sohasida ishlash», — deydi tumandagi 27-maktab o‘quvchisi Doniyor Xolboyev.

O‘quv kurslarida oliy ta’lim muassasasini shu yil bitirgan yosh o‘qituvchilar ham bor. Masalan, Jizzax shahar 21 maktab o‘quvchisi Oygul Orzuboyeva ulardan biri. «Men shu yil Jizzax davlat pedogogika institutini bitirganman. «C++» dasturlash tili haqida tushuncham bo‘lsa ham, chuqur bilmas edim. Bugungi darslardan ko‘p narsa o‘rgandim. Bu mening eklajakdagi faoliyatimga ijobiy ta’sir qiladi deb o‘ylayman», — deydi u.

Ko‘plab shogirdlarni yetishtirib chiqargan, «Shuhrat» medali sohibi Husan Kuldoshev bugun «C++»ni o‘rganmoqda. «Zamon o‘zgarmoqda. Prezidentimiz tomonidan Do‘stlik tumani innovatsion tuman deb e’lon qilingan. Biz tumanda yetakchilik qilishimiz kerak. Men hali ko‘p o‘quvchilar tayyorlamoqchiman», — deydi Husan aka.

«Xabar.uz» Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi «C++» o‘quv kurslarini kuzatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring