Bill Geytsning boyligi $100 milliarddan oshdi

Shu hafta Bill Geytsning boyligi $100 milliarddan oshdi, bu haqda «Rosbalt» portali «Forbes»ga asoslanib xabar berdi. Yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishi arafasida «Microsoft» aksiyalari qiymati oshgani Geytsni yanada boyitdi.
Hozir Bill Geytsning boyligi — 100,61 milliard dollar.
Geyts «Forbes» milliarderlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda. Sayyoramizning eng boy insoni esa «Amazon» kompaniyasi yetakchisi Jeff Bezos — 152,95 milliard dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter