Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda «Vatandoshlar» konferensiyasi o‘tkazildi (foto)

AQShda «Vatandoshlar» konferensiyasi o‘tkazildi (foto)

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Filadelfiya shahrida O‘zbekistonni dunyoga tanitish va IT-autsorsing salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida AQShdagi vatandoshlar bilan «Vatandoshlar» konferensiyasini o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning IT imkoniyatlari va mamlakatimizda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, IT-autsorsing sohasida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilishdan iborat. Uchrashuvda vazir mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qo‘shma loyihalar va IT-kompaniyalar uchun mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda «RTS Carrier Services», «Cargo Prime Overseas», «Data Truck», «ETL Group», «Ideal Trans», «SilkRoad Tranz» va boshqa o‘nlab kompaniyalar ishtirok etdi. Anjumanda jami 40 ta kompaniyadan 80 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Yig‘ilishda IT sohadagi o‘zgarishlar va potensial investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ingliz tilini biladigan va IT sohasida dasturlash xizmatlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga qodir mutaxassislar sonini ko‘paytirish hamda eksport hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazir Sherzod Shermatov mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, IT-kompaniyalar erishayotgan muhim yutuqlar va mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv so‘ngida AQShda faoliyat yuritayotgan IT-kompaniyalar vakillari mamlakatimizda joriy etilgan soliq imtiyozlari, kadrlar taqchilligining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar, mamlakatimiz bozorida IT-xizmatlarga bo‘lgan yehtiyoj, masofaviy xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Shundan so‘ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham O‘zbekistonning IT-autsorsing sohasidagi salohiyatini ommalashtirish maqsadida AQShning IT-kompaniyalari vakillari bilan B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring