AQSh rossiyalik xaker uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi
AQSh Davlat departamenti kibertovlamachilikda gumon qilingan rossiyalik Mixail Matveyevni hibsga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qildi.
Tegishli bayonot departament saytida e’lon qilindi.
Davlat departamentining ta’kidlashicha, Matveyev «AQSh huquq-tartibot idoralari, korxonalari va butun dunyo bo‘ylab muhim infratuzilma ob’yektlariga qarshi qaratilgan to‘lov dasturlari» bilan bog‘liq holatlarga aloqador.
AQSh Moliya vazirligi ham rossiyalikka nisbatan sanksiyalar kiritgan.
Davlat departamenti, shuningdek, Rossiya «kiberjinoyatchilar uchun xavfsiz boshpana»ga aylanganini va to‘lov dasturi orqali xakerlar AQSh va uning hamkorlari va ittifoqchilariga qarshi kiberoperatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan muhit yaratayotganini aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter