Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh elchisi AKT vaziri bilan uchrashdi

AQSh elchisi AKT vaziri bilan uchrashdi

Foto: MITS

Bugun, 23-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida AKT sohasidagi dolzarb yo‘nalishlar, jumladan, telekommunikatsiya, IT-ta’lim, IT-park hamda elektron hukumat sohalarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

«Bugungi kunda AQSh xalqaro IT-bozorida yetakchilik qilayotgan davlatlardan biri. Bu borada ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish muhim ahamiyatga ega», — dedi AKT vaziri Sherzod Shermatov.

Deniyel Rozenblyum esa O‘zbekiston IT-bozori yuqori salohiyatga ega ekanini ta’kidladi va yurtimizda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarga ijobiy baho berdi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring