«Android» o‘rnini «Fuchsia» egallaydi: farqi nimada?
«Google» korporatsiyasi o‘zining yangi «Fuchsia» amaliy tizimi bilan hozir dunyodagi har to‘rt smartfonning uchtasida qo‘llanilayotgan «Android» amaliy tizimi o‘rnini butunlay egallamoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu voqea yaqin besh yil davomida sodir bo‘ladi», — deyiladi «Bloomberg» xabarida.
Kompaniya «Fuchsia»dan smartfonlar, «aqlli» karnaylar (kolonkalar), elektronika qurilmalarida foydalanmoqchi. Yaqin kelajakda internet-gigantning barcha qurilmalari shu amaliy tizimga o‘tkaziladi. Bu tizim turli o‘lchamli ekranlarga yaxshi moslashadi, ovozli boshqaruvga ega. «Android»dan asosiy farqi unda «Linux» va «Java» kodlari ishlatilmasligi bo‘lib, bu ehtimoliy patent nizolarining oldini oladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Google» korporatsiyasi monopoliya qonunchiligini buzganlikda ayblanib, Yevrokomissiya tomonidan 5 mlrd. dollar jarimaga tortilgandi. Shu holat ham kompaniyani «Android»ni rivojlantirish bo‘yicha siyosatini qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkinligi nazarda tutilsa, yangi amaliy tizimga o‘tish ehtimoli ancha haqiqatga yaqin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter