Amity universiteti va «Elektron hukumat» markazi o‘rtasida Memorandum imzolandi
Toshkent shahridagi Amity universiteti va «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzoladi.
Ushbu qaror zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida, shuningdek, ta’lim sohasida rivojlanish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish, O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ish va tadqiqot ustuvorligiga ko‘maklashish shartnomalari asosida kuchga kirdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga ahamiyat berilgan iqtidorli yoshlarni samarali rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish ham muhim ahamiyatga ega.
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi texnik infratuzilmani yanada rivojlantirishning yangi va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Yaqin hamkorlar sifatida davlat muassasasi har bir talabaning tajriba orttirishi va davlat miqyosidagi loyihalarda ishtirok yetishi uchun katta imkoniyat yaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter