Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Prezident maslahatchisining maxsus vakili bilan uchrashdi

AKT vaziri Prezident maslahatchisining maxsus vakili bilan uchrashdi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 7-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisining maxsus vakili J. Charlz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr va mulohazalar almashildi.

Prezident tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgani aytildi.

Shuningdek, IT-Park faoliyati haqida taqdimot o‘tkazilib, Sh. Shermatov kelgusida rejalashtirilgan ishlar xususida tushuntirishlar berib o‘tdi.

O‘zbekistonda yoshlar orasida BPO va KPO kabi sohalarga bo‘lgan talab oshib borayotgani, ularni yuqori maoshli ish bilan ta’minlash hamda hozirda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring