Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri: «E’tibor va e’tirof eng yaxshi motivatsiya» (foto, video)

AKT vaziri: «E’tibor va e’tirof eng yaxshi motivatsiya» (foto, video)

Bugun, 10-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixitsoslashtirilgan maktabda videokonferensaloqa tarzida tadbir o‘tkazildi.

Marosimda Aloqa xodimlari kuni munosbati bilan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha xodim va rahbarlari onlayn tartibda ishtirok etishdi. Markaziy studiyada esa ularni AKT vaziri Shuhrat Sodiqov tabrikladi.

– E’tibor va e’tirof insonni yanada yaxshi ishlashga undaydigan motivatsiya, –  dedi vazir Shuhrat Sodiqov. – An’anaviy tarzda har yili mehnatda katta yutuqlarga erishgan, hamkasblariga namuna bo‘lib ishlayotganlarga vazirlikning idoraviy mukofotlari berib kelinadi. Karantin sababli bu yilgi taqdirlash marosimini ham onlayn ravishda o‘tkazyapmiz. Shu sinovli davrda aloqachilar bir zum bo‘lsa-da, ish faoliyatlarini to‘xtatganlari yo‘q. Soha korxona va tashkilotlari barcha yo‘nalishlarda to‘xtovsiz faoliyatlarni olib borishdi. Albatta, bunday paytda siz soha xodimlari fidoyilik namunalarini ko‘rsatdingiz va ko‘rsatyapsiz. Samarali xizmatlaringiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Dastlab, viloyatlarda tashkil qilingan studiyalarda soha ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan xodimlarga idoraviy mukofotlar tantanali ravishda topshirildi. So‘ngra markaziy studiyaga taklif qilinganlarga AKT vaziri Shuhrat Sodiqov vazirlikning «Mohir aloqachi», «Faxriy yorliq» va «O‘z kasbining ustasi» mukofotlarini topshirdi. 

Marosim yakunida mehmonlar uchun AKTga ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019-yili tashkil qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring