AKT maktabning onlayn test imtihonlari natijalari e’lon qilindi
2020-yil 5-9-oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021-o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun 2-bosqich onlayn test imtihonlari o‘tkazildi.
E’lon qilingan ikkinchi bosqich onlayn test imtihonlari natijalari bilan batafsil quyidagi havola orqali — https://ictschool.uz/qabul-natija/ yoki maktabning www.ictschool.uz rasmiy veb sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 10-sentyabrdan 20-sentyabrga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilarning hujjatlari maktabning www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilingan.
2020-yil 25-29-sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021-o‘quv yiliga 5-9-sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun onlayn imtihon jarayonlarining 1-bosqichi o‘tkazildi va 2 oktyabr kuni e’lon qilindi.
Birinchi bosqich imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar joriy yilning 5-9-oktyabr kunlari ikkinchi bosqichda ZOOM dasturi orqali onlayn suhbatda ishtirok etdilar. 5-sinf o‘quvchilari uchun onlayn suhbat 5-6 oktyabr kuni, 6-sinf o‘quvchilari uchun – 7-oktyabr kuni, 7-sinf o‘quvchilari uchun – 8-oktyabr kuni, va 8-9-sinf o‘quvchilari uchun – 9-oktyabr kuni tashkil etildi. Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o‘tkazildi, matematika va fizika fanlaridan esa 2 tadan misol berildi.
Ta’kidlanishicha, imtihon jarayonlariga malakalali mutahassislar — Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchi mutaxassislari jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter