AKT maktab o‘quvchilari O‘zbekiston nomidan ishtirok etishadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab o‘quvchilari birinchi marotaba xalqaro texnologiya musobaqasining yarim finalida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishadi.
Technovation Girls xalqaro tanlovida O‘zbekistonning 29 ta jamoasidan 5 nafari yarim finalga yo‘llanma olishdi. Ulardan ikkitasi (Junior devision) – Mizash va Origami jamoalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktabning o‘quvchilaridan tarkib topgan.
Mizash guruhining qizlari autizmli bolalarning rivojlanishiga yordam beradigan integratsiyalashgan ABA-terapiyasi bilan mobil o‘yin ishlab chiqdilar. Origami jamoasi esa bolalarni kiberbulling ta’siridan himoyalash uchun RoundEx dasturini ishlab chiqishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter