Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

Abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

my.gov.uz portali orqali 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga onlayn hujjat topshirish boshlandi.

Joriy yilda qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.

 1- bosqich (5 iyundan 25 iyungacha):

  • Test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi;
  • Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududi tanlanadi;
  • Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan OTM belgilanadi (agar mavjud bo‘lsa).

2-bosqich (test sinovlari yakunlangach 15 kun ichida):

  • Oliy ta’lim muassasasi;
  • Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
  • Ta’lim shakli tanlanadi.

Shuningdek, tanlov ustuvorligi ko‘rsatiladi: «Davlat granti» yoki «To‘lov-kontrakt».

Eslatilishicha, test sinovi natijalari – ertasi kuniga, mandat natijalari esa tanlov yakunlanganidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring