Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5G-tarmoq joriy etish uchun «10 mamlakat ittifoqi»ni tuzish taklif etildi

5G-tarmoq joriy etish uchun «10 mamlakat ittifoqi»ni tuzish taklif etildi

Foto: «The Verge»

«The Times» gazetasi xabariga ko‘ra, 5G va boshqa texnologiyalarni joriy etishning «muqobil yo‘li»ni yaratish maqsadida London Vashingtonga 10 mamlakatdan iborat alyans (D10) tuzish taklifini kiritdi.

Maqsad bu borada Xitoyga qaram bo‘lib qolmaslik. Britan hukumati ittifoq «Yettilik mamlakatlari» (G7), Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindistondan iborat bo‘lishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson umuman har jabhada Xitoy ta’siriga tushib qolmaslik choralarini qidirmoqda. «The Times» xabar berishicha, u mutaxassislarga mamlakat tibbiy va boshqa eng muhim strategik mahsulotlar bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashi uchun reja ishlab chiqishni topshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring