Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 yoshli maktab o‘quvchisi «aqlli issiqxona» ixtiro qildi

15 yoshli maktab o‘quvchisi «aqlli issiqxona» ixtiro qildi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Hajmi bir kub metrdan sal ortiqroq bo‘lgan issiqxona soatiga 300 vatt energiya talab qiladi. Mazkur qurilma ixtirochisi uning ichida qalampir yetishtirishga ham ulgurdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Rossiyalik 15 yoshli Artyom Ustyansev bu kabi ixtironi birinchi marotaba amalga oshirgani yo‘q. Yigitcha bir necha yildan beri kimyo va biologiyaga qiziqib keladi va ko‘plab turdagi murakkab mineral o‘g‘itlar ustida ishlagan, shuningdek, don ekinlarini tezroq yetishtirish uchun quti ham yaratgan.

Artyom smart-issiqxonani bundan bir oy oldin yaratgan. U gidroponika prinsipi asosida qurilgan — o‘simliklar tuproq o‘rniga iste’mol eritmasidan ozuqa oladi. Fotosintez uchun issiqxona ichiga svetodiod lampalar, kasalliklardan himoyalash uchun esa — ultrabinafsha yoritkichlar o‘rnatilgan. Bundan tashqari uning ichida GSM-modul ham mavjud.

Issiqxona ichidagi qalampir 40 santimetrgacha o‘sib, hosil bera boshlangan. Bunda issiqxona uchun soatiga atiga 300 vatt elektr energiya sarflanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring