Uchta robot yasagan talaba Innovatsion yarmarkada uchinchi o‘rinni egalladi
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Doston Mardiyev «Marketing va reklama ADWEEK 2018» haftaligi doirasida o‘tkazilgan innovatsion yarmarkada uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Marketing va reklama ADWEEK 2018» haftaligi O‘zbekistonda marketing va reklama sohasidagi keng miqyosli tadbir hisoblanadi. Bu yil mazkur haftalik 2018 yil 26 fevraldan 2 martgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada O‘zbekistondagi 13 ta universitetning talabalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etishdi: innovatsion biznes g‘oyalar va loyihalar, AKTda innovatsiyalar hamda innovatsion texnologiyalar.
Innovatsion yarmarka doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti ikkinchi bosqich talabasi Doston Mardiyev uchta loyihani taqdim etdi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi:
— Innovatsion yarmarka doirasida ikkita robot taqdim etdim. Mening birinchi robotim xo‘jalik uchun mo‘ljallangan. Robot ayollarning ishini osonlashtirishi kerak, chunki u uyni mustaqil ravishda tozalashi mumkin. Ikkinchi robot sanoatda ishlatilishi mumkin. Robot yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, Innovatsion yarmarka doirasida Doston Mardiyev insonlarga rasm chizishni o‘rgatadigan maxsus qurilmani ham taqdim etdi.
Innovatsion yarmarka hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Doston Mardiyev uchinchi o‘rinni egalladi. Unga yarmarkaning diplom va haykalchasi topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter