Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent davlat agrar universitetida «Karera kuni» mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Toshkent davlat agrar universitetida «Karera kuni» mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4 mart kuni o‘tkazilgan «Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida»gi 19-sonli yig‘ilish bayonida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv ustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-60-son qarori ijrosini ta’minlash hamda joriy o‘quv yilida universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida 2021/2022-o‘quv yilining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari bo‘yicha «Karera kuni» yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasini o‘tkazishdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi, sanoat, servis xizmat ko‘rsatish, oliy va professional ta’lim sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlab vakant joylarga bitiruvchilarni joylashtirish xamda iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni kasbiy va ilmiy-tadqiqot ishlariga kengroq jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir choralar tizimini ishlab chiqish, yuqori malakali mutaxassis va ilmiy pedagogik xodimlar bo‘lib yetishishlarida ularga amaliy yordam berishdan iboratdir.

Ushbu mehnat yarmarkasida asosiy kadrlar iste’molchilari hisoblangan 57 ta vazirlik, idora, tashkilot, muassasa, agroklaster va 2 ta xorijiy tashkilot vakillari hamda bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishmoqda. Ma’lumot o‘rnida Toshkent davlat agrar universitetini 2021-2022 o‘quv yilida jami 1143 talaba o‘qishni tamomlaydi.

Jumladan:

kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 20 ta bakalavriat yo‘nalishlarida 652 nafar talaba (shundan, davlat granti asosida 157 nafar va to‘lov kontrakt asosida 495 nafar);

sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 5 ta bakalavriat yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt asosida 28 nafar talaba;

33 ta magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha 355 nafar magistr (shundan,147 nafari davlat granti asosida, 208 nafari to‘lov-kontrakt asosida);

Shu bilan birga, Polsha, Rossiya davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida 108 nafar talaba o‘qishni tamomlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring