ToshDO‘TAUda xalqaro reytinglarga kirishda yangi tajriba joriy etildi

O‘zbekiston OTMlarining xalqaro reytinglarga kirishining o‘ziga xos shartlaridan biri xorijdagi nufuzli OTMlar bilan akadem mobillik tizimini yo‘lga qo‘yishdir.
Akadem mobillik mamlakatlararo talabalar almashinuvi dasturi bo‘lib, bunda bir nechta iqtidorli talabalar universitetning xorijdagi hamkor OTMlariga malaka oshirish va bir muddat ta’lim olish uchun yuboriladi. Bu birinchi navbatda talabalarning bilimi, dunyoqarashi va chet tillarini mukammal o‘zlashtirishlariga imkoniyat yaratadi, qolaversa, xorijdagi tengdoshlari bilan o‘zaro fikr almashish hamda turli sohalarda ular bilan shaxsiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun ham qo‘l keladi.
Birinchilardan bo‘lib Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zining Rossiyadagi hamkori Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetiga 10 nafar iqtidorli talaba va 3 nafar professor-o‘qituvchini yubordi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Ular belgilangan muddat davomida NDLUda dars mashg‘ulotlari olib boradilar, maxsus ular uchun tuzilgan dasturda belgilangan shaharning muhim tarixiy, ilmiy va ko‘ngilochar maskanlariga tashrif buyuradilar, rus va ingliz tillaridan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar va albatta, O‘zbekiston kunlarini o‘tkazadilar.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kelgusi o‘quv yilida Mavlono dasturi bo‘yicha akadem mobillik tizimida 150 nafar talabani Turkiyaning nufuzli OTMlariga yuborishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter