To‘rt nafar rektor ishdan olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ishini tanqid qildi.
Yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun Farg‘ona davlat universiteti (R.Maqsudov), Samarqand davlat arxitektura-qurilish (S.Ahmedov), Qo‘qon davlat pedagogika (M.Otajonov) institutlari rektorlari va Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori (Olimov)ni lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Boshqa rektorlar qat’iy ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter