To‘rt nafar o‘quvchi xalqaro matematika olimpiadasida medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
G‘olib o‘quvchilar bilan tanishing:
- Rahmatov Anvarbek — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
- Axtamov Ozodbek — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
- Sadulloyev Anvarbek —Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
- Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter