Siz tutgan qo‘llar — baxt qo‘llari

Qo‘ng‘iroq chalindi. Maktablarimizda yangi o‘quv yili boshlandi. Ayniqsa, birinchi farzandini yangi hayot ostonasiga boshlab borayotgan ota-ona uchun unutilmas kun.
Axir U dunyoga kelganda ko‘nglidan o‘tgan, qalblariga jo etgan orzularidan biri ushalayapti. O‘sha lahzalarda – bolajoningizni jajji qo‘llaridan tutib, maktabga qadam qo‘yayotganigizda kichik mo‘’jiza sodir bo‘ladi. Birinchi marta nuri diydangizning mayin qo‘llaridagi beqiyos qudratni his etasiz!
Yangi o‘quv yilida maktabimizga 240 nafar bolajon 1-sinfga qabul qilindi. Bu safargi «bilimlar kuni» hal yilgidan-da o‘zgacha o‘tmoqda. Bugun jajji o‘quvchilarmiz ko‘zida hayajon, hayrat va quvonch, o‘qituvchi-pedagoglarimizda esa o‘z kasbidan mamnunlik, kelajakka ishonch hissi mujassam. Axir davlat rahbarining shaxsan o‘zi o‘qituvchilarga katta hurmat-ehtirom ko‘rsatayotgan, «O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman», – deb ko‘nglimizni tog‘day ko‘tarayotgan bir paytda quvonmay bo‘ladimi?! Shu bois har bir pedagog, avvalo, Yurtboshimiz e’tirofiga munosib bo‘lishga harakat qilishi, har bir boladagi murg‘ak iste’dodni, dohiyatni yuzaga chiqarishga vijdonan yondashishi talab etiladi.
Ha, aziz ota-onalar, siz tutgan qo‘llar – oddiy qo‘llar emas. Ular – kelajakning qo‘llari. Mamlakatning ertangi taraqqiyoti, eng avvalo, mana shu qo‘llar bilan bunyod etiladi. Ular ishonch qo‘llaridir. Bolangizga «yaxshi o‘qisang, hatto yulduzlar bilan ham tillasha olasan» deb ko‘ring. U bu ishni qila olishiga shubhalanmaydi. Baxt qo‘llarini mahkam ushlang!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter