Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi  universitetlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi?

Qaysi  universitetlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi?

Foto:«Xabar.uz»

«Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra bir qator universitetlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi xabar qilingandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i Maqsudjon Hamrayevning ma’lum qilishicha, hali aynan qaysi OTMlar mazkur tizimga o‘tkazilishi ma’lum emas. 2019-yil davomida universitetlardagi holat o‘rganiladi, universitetlar tanlab olinadi va 2020-yildan dasturni amalga oshirish boshlanadi.  Bu haqda Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. 

Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring