Prezident: «Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarga mahliyo bo‘lib hamma narsani boy berdik»
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim tizimi, o‘qituvchi va murabbiylarning mavqeini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgan edi.
«Oltin voha» kanali xabar berishicha, prezident kollej tizimidagi holatni ham tanqid qilgan.
«Kollejning marmari kimga kerak? Kollejlarga 12 yilda chetdan 570 mln. dollarlik jihoz keltirilgan. Agar shu 570 mln. dollarni maktab va oliygohlarga berganimizda nima bo‘lardi?.. Qani o‘sha pul? Biz sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarga mahliyo bo‘lib hamma narsani boy berdik», — dedi davlatimiz rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter