Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi xalqaro universitet ochiladi

O‘zbekistonda yangi xalqaro universitet ochiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda 2022-yilda Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etilib, 100 dan ortiq xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek:

  • qishloq xo‘jaligida mablag‘larni boshqarish va monitoring qilish axborot tizimini ishga tushirish;
  • yerlar va ekinlar hisobi hamda monitoringini yuritishni raqamlashtirish;
  • 1 avgustga qadar 7 turdagi, 2023-yilda barcha turdagi subsidiya to‘lashni elektron tizimga o‘tkazish;
  • suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni to‘g‘ri sug‘orish ishlarini masofaviy monitoring qilish axborot tizimini 1 dekabrgacha Farg‘ona va Samarqandda, 2023 yilda barcha hududlarda joriy qilishga topshiriq berildi.

Prezident yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti 2022-2023 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlashi zarurligini qayd etdi.

Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.

Yig‘ilishda agrar soha uchun zamonaviy bilimga ega o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrar universitet bilan tizimdagi kollej va texnikumlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Jizzax, Toshkent va Farg‘onada 3 ta qishloq xo‘jaligi texnikumini modernizatsiya qilish boshlandi.

«Lekin qolgan 31 ta texnikum va kollej bilan, 83 ta kasb-hunar maktabi bilan qachon shug‘ullanamiz?», deya savol qo‘ydi Prezident.

Qishloq xo‘jaligi va oliy ta’lim vazirlariga ikki oy muddatda texnikumlar bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bunda:

  • agrar sohadagi barcha texnikumlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi;
  • klaster va boshqa yirik qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan hamkorlikda texnikumlardagi o‘quv dasturlar, metodologiyasi, darsliklar va amaliyot tizimi butunlay qayta ko‘rib chiqiladi;
  • texnikumlar yangi tashkil etiladigan agroxizmatlar markazlari bilan uzviy bog‘lanadi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar hisobot berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring