Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Finlandiya ta’lim tajribasi joriy etiladi

O‘zbekistonda Finlandiya ta’lim tajribasi joriy etiladi

AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligi hamda uzviyligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Uzluksiz ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlashni yanada takomillashtirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilangan:

1 oy muddatda «Uzluksiz ta’lim dasturlari» majmualarini taqrizdan o‘tkazish va ingliz tiliga tarjima qilgan holda xorijiy ekspertlarga berish;

22 ta fan kesimida uzluksiz ta’lim tizimida uzviylik muammolariga bag‘ishlangan ilmiy amaliy anjumanlar tashkil etish;

2021-2022 o‘quv yili boshlangunga qadar Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida yangilangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun maxsus o‘quvlar, seminarlar tashkil etish;

2 oy muddatda Finlyandiya ta’lim tajribasidan O‘zbekiston uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv adabiyotlarga singdirish mumkin bo‘lgan jihatlarini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring