Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi institutda amerikalik professorlar dars bermoqda

Namangandagi institutda amerikalik professorlar dars bermoqda

Foto: Namangan muhandislik-texnologiya instituti matbuot xizmati

Namangan muhandislik-texnologiya institutiga AQSh nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan ikki nafar malakali professor va ekspert taklif etildi. Jumladan, Texas xalqaro ta’lim markazi professori Ravi Prokash Dani institutning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash soxasi talabalari uchun “O‘simlikshunoslik va paxtachilik” fanidan 40 soatlik dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Shuningdek, amerikalik olim Dani agrar soha professor-o‘qituvchilari uchun o‘z tajribalaridan kelib chiqib master-klass o‘tib berdi. Dars mashg‘ulotlari bilan birgalikda AQSh va Hindistonning yetakchi olim ta’lim muassasalari va institut o‘rtasida video-konferensiya ham o‘tkazilib, o‘zaro tajriba va fikrlar almashildi, deya xabar berdi Namangan muhandislik-texnologiya instituti matbuot xizmati.

Bundan tashqari, AQShning Kolumbiya universitetidan taklif etilgan ekspert-o‘qituvchi Benjamin Arensteyn bir yil davomida institut talabalariga ingliz tili fanidan saboq beradi hamda professor-o‘qituvchilar uchun master-klasslar mashg‘ulotlarini tashkil etib boradi.

Ma’lumot uchun, joriy yil davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutiga Malayziya, Rossiya, Janubiy Koreya, Italiya, Portugaliya kabi davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassalari hamda ilmiy tadqiqot markazlaridan o‘nga yaqin olimlar tashrif buyurishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring