Farhod Ermanov ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi
Xorazm viloyati hokimligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Vazir viloyat hokimi Farhod Ermanovni ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirgan ishlari uchun Xalq ta’limi vazirligining «Ta’lim homiysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Tadbir so‘ngida viloyat hokimi e’tibordan ruhlanib, bundan buyon ham yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi beminnat xizmatlarini davom qildirishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter