Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur «Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev vafot etdi

Mashhur «Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi, «Buyuk xizmatlari uchun» va «Mehnat shuhrati» ordenlari sohibi, «Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev vafot etdi.

To‘xtamurod Jumayev ko‘p yillar davomida matematika o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan. 1990-2015 yillarda Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internati direktori vazifasida ishlagan.

To‘xtamurod Jumayev tashkil qilgan Qorako‘l maktabida o‘ziga xos ta’lim olish tizimi joriy qilingan. Natijada maktab o‘quvchilarining 90 foizi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan.

Bundan tashqari, ushbu maktab o‘quvchilari matematika fanidan Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, ko‘plab medallarni qo‘lga kiritgan.

«Xabar.uz» jamoasi yetuk pedagogning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring