Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarining 5- va 7-sinflariga qabul imtihonlari joriy yilning 29-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazining qo‘shma qarori imzolangan.

Saralash tanlovlari ochiq katta pavilon (hiyobon, maydon)larda karantin qoidalariga rioya etgan holda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Har bir fan yo‘nalishida jami 30 tadan test savollari beriladi va 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, test sinovlari boshlanguniga qadar qo‘shimcha 20 daqiqa vaqt tushuntirish uchun ajratiladi.

Saralash tanlovlari natijalariga ko‘ra o‘quvchilar ballar ketma-ketligi asosida belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Bu yilgi saralash tanlovlarida 106 mingdan ortiq talabgorlar ishtirok etadi va tanlov natijalariga ko‘ra 34050 nafar iqtidorli o‘quvchilar ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring