Imtiyoz asosida o‘qishga kirgan qizga 01-raqamli talabalik guvohnomasi topshirildi
2020/2021-o‘quv yilida xotin-qizlar uchun oliy ta’lim muassasalariga berilgan grant o‘rinlarining 4 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat granti ajratildi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozovning xabar berishicha, shunday imtiyoz asosida institutning «Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» fakultetining iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha talabalik sharafiga muyassar bo‘lgan Zilola Rahimova xonadoniga institut prorektori Ro‘zimurat Choriyev va fakultet dekani Rashid Hakimovlar tashrif buyurishdi.
Ular talaba bo‘lgani bilan Zilola Rahimovani qutlab, institut rektorining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan tashakkurnoma, birinchi raqamli talabalik guvohnomasi va kitoblar jamlanmasini topshirishdi.
«Men o‘tgan yili ham o‘qishga hujjat topshirgandim, – dedi Zilola, – lekin kontrakt asosida o‘qishim mushkul bo‘lgani uchun o‘qiyolmadim. Baxtim bor ekanki, bu yil Prezidentimiz tomonidan berilgan imtiyoz va tavsiyanoma tufayli davlat granti asosida o‘qishga muvaffaq bo‘ldim».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter