Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erasmus Mundus dasturining o‘zbekistonlik g‘oliblari aniqlandi

Erasmus Mundus dasturining o‘zbekistonlik g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilda 11 nafar o‘zbekistonlik iqtidorli talaba Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturi stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian Erasmus Mundus granti sohiblari bilan uchrashgan.

G‘oliblar (8 qiz va 3 yigit) Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Finlyandiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olish imkonini qo‘lga kiritdi.

Erasmus Mundus – iqtidor egalarining ta’lim, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan YeI dasturidir. Qo‘shma magistrlik tahsili doirasida o‘quv dasturi, sayohat xarajatlari, sug‘urta, vizani qo‘llab-quvvatlash, oylik stipendiya va boshqalarni o‘z ichiga olgan grant taqdim etiladi.

Yevropa universitetlari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan noyob magistrlik kurslari doirasida talabalar bilim olibgina qolmay, mezbon davlatlar bilan tanishib, yangi madaniyatlarni ham kashf etadilar.

2014–2020 yillarda ta’lim dasturi budjeti 14,7 milliard yevroni tashkil etgan bo‘lsa, 2021–2027 yillarda ushbu maqsadda 26,2 milliard yevro sarflanishi ko‘zda tutilgan.

2021–2027 yillarga mo‘ljallangan dasturda yashil va raqamli jamiyat, yoshlarning demokratik hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda O‘zbekistondan 14 nafar iqtidorli talaba Erasmus Mundus dasturi g‘olibi bo‘lgan. O‘tgan yilgi tanlovda mamlakatimiz yoshlari orasida matematika, xalqaro huquq, kimyo, tibbiyot, siyosat, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarga qiziqish katta bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring