Eng foydali ta’lim krediti
Talaba xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti ajratiladi. Kredit bo‘yicha barcha foiz to‘lovlari «Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi» tomonidan qoplab beriladi.
Mazkur ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim dargohlarida, kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talaba xotin-qizlarga ajratiladi.
Kredit bo‘yicha asosiy qarz esa rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida to‘lanadi.
Mazkur kreditni rasmiylashtirish uchun pasport (yoki ID karta), to‘lov-kontrakt shartnomasi va uchinchi shaxs kafilligi talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter