Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan chet ellik o‘qituvchilar ishtirokida videodarslar efirga uzatiladi

Bugundan chet ellik o‘qituvchilar ishtirokida videodarslar efirga uzatiladi

Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi chet ellik o‘qituvchilar ishtirokida videodarslar tayyorladi. Videodarslar 17 maydan efirga uzatiladi.

Xabaringiz bor, 2019 yilda yurtimizda ilk marotaba Toshkent, Nukus, Xiva, Namanganda to‘rtta Prezident maktabi ochildi. Ushbu maktablarda yoshlarga dars berish uchun mamlakatimizning eng ilg‘or pedagoglari qatori xorijdan ham yuqori malakali o‘qituvchilar jalb qilindi.

Mazkur o‘qituvchilarning bir guruhi Online-Maktab (Onlayn maktab) loyihasi doirasida turli fanlardan videodarslar tayyorlashda ishtirok etdi. Xususan, Toshkentdagi Prezident maktabining besh nafar o‘qituvchisi ingliz tili, informatika, matematika (algebra va geometriya), biologiya va boshqa fanlardan videodarslar tayyorladi.

6-11-sinf o‘quvchilari uchun darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida 18 soatlik videodars tayyorlandi. Barcha darslar ingliz tilida tasvirga olindi.

Anmari Anderson 6-8-sinflar uchun informatika, Simjii Anvar 6-sinflar uchun biologiya, Dass Oskar 9-11-sinflar uchun algebra va geometriya bo‘yicha videodarslarni tayyorladi. Mahalliy ingliz tilida so‘zlashuvchi En Beyli IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Chet ellik o‘qituvchilar ishtirokidagi videodarslar 2020 yil 17 maydan boshlab, yakshanba kunlari Online-Maktab telekanallarida efirga uzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring