Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar bozorda, savdoda, ko‘chada, nazoratsiz, niqobsiz…

Bolalar bozorda, savdoda, ko‘chada, nazoratsiz, niqobsiz…

Foto: Xabar.uz

Bugun maktablarda o‘qishning yo‘lga qo‘yilishi ko‘pgina bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘pchilik onlayn darslar bolaga yetarlicha bilim bermasligidan qayg‘urayotgan bo‘lsa, ba’zilar maktablar koronavirusning o‘chog‘iga aylanishidan xavotirda. Bolalar esa maktabini, o‘rtoqlarini sog‘ingan. Ular maktabga chiqishga shay.

Ammo uch oy mobaynida ota-onasiga qarashish maqsadida bozordan beri kelmagan bolalar borligini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Kimdir kichikkina do‘konda, yana kimdir antiseptik vositalar savdosida, yana kimdir qovun-tarvuz, yana bir qancha bolalar esa katta-katta bozorlarda suv sotish va arava tortish bilan mashg‘ul bo‘lganining guvohi bo‘ldik. To‘ylardagi xizmatda ham kattalardan ko‘ra bolalarning ishtiroki faollashdi.

Foto: Xabar.uz

Biz bolalarning maktabga chiqish chiqmasligini muhokama qilishdan yoki kimgadir aql o‘rgatishdan yiroqmiz. Ushbu suratlar yo‘l-yo‘lakay 10 daqiqa ichida olindi. Xulosa chiqarish, ya’ni izoh sizdan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring