Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bola tarbiyasiga oid ijobiy tajriba bilan bo‘lishganga – noutbuk!

Bola tarbiyasiga oid ijobiy tajriba bilan bo‘lishganga – noutbuk!

Xalq ta’limi vazirligi Maslahat.uz guruhi bilan 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qildi.

Bola tarbiyasi oson ish emas, buning uchun kattalardan bolaga o‘zini anglashga, unga atrofdagilar bilan muloqot qilish, his tuyg‘ularni yengish va qiziqishlarni rivojlantirishga ko‘maklashish talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda bola tarbiyasi har birimizdan yuksak mas’uliyatni talab etadi.

Tanlovdan asosiy maqsad bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish.

Bola tarbiyasida oilangiz, sinfingiz yoki maktabingizni boshqalardan ajratib turadigan qanday usuli yoki xususiyati bor, deb o‘ylaysiz? Uni boshqalar bilan o‘rtoqlashing!

Tanlov sharti: o‘z tajribangizni ushbu havoladagi post tagida yozib qoldiring.

Eng ko‘p layk va izohlarga sabab bo‘lgan tajriba muallifi 1 iyun kuni aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring