Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biometrik pasportga ega abituriyentlar kirish imtihonlarini topshirolmaydimi?

Biometrik pasportga ega abituriyentlar kirish imtihonlarini topshirolmaydimi?

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari 2022-2023-o‘quv yili oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari lozimligi haqida ma’lum qilgan edi. Bu esa ayrim abituriyentlarda turli savollarni keltirib chiqarmoqda.

Davlat test markazining ma’lum qilishicha:

  • joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
  • ro‘yxatga olishda abituriyentlarning rasmi va pasport ma’lumotlari Davlat personallashtirish markazidan onlayn rejimda olinadi;
  • buning uchun abituriyentda biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim;
  • biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas.

Abituriyentlar biometrik pasport bilan ham my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Eslatbi o‘tamiz, aprel oyi oxirida test topshiriqlari soni va baholash mezonlari aniq bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring