Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent agrar universiteti o‘qituvchilari Portugaliyada malaka oshiradi

Toshkent agrar universiteti o‘qituvchilari Portugaliyada malaka oshiradi

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi, BuzNet va MAGNET loyihalari doirasida Portugaliyaning Porto va Guarda universitetlari bilan hamkorlik uchun 26—31-mart kunlari Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon va Nukus filiallari raxbarlari Portugaliyada bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallaridagi professor o‘qituvchilarni tuproqshunoslik, agrokimyo, qishloq ho‘jligida axborot texnologiyalari, agrobiznes yo‘nalishlari bo‘yicha Guardo universitetida malakasini oshirish bo‘yicha kelishib olindi va shartnoma imzolandi.

Porto universiteti bilan o‘rnatilgan xamkorlik doirasida Toshkent davlat agrar universiteti va uning Andijon va Nukus filiallarida joriy yilda 6 ta veterinariya va sut maxsulotlarni qayta ishlash laboratoriyalari jixozlanishi rejalashtirildi.

Shu bilan birga Toshkent davlat agrar universiteti va uning Andijon va Nukus filiallaridan 9ta professor o‘qituvchilarni joriy yil aprel oyida xamkor Porto universitetiga 2 oy davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni qayta ishlash va oziq-ovqat xafvsizligi yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirishga yuborilishiga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring