Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uchinchi o‘lim» sababchisi topildi

«Uchinchi o‘lim» sababchisi topildi

Foto: Rodolfo Parulan Jr./Getty Images

Olimlar o‘limga eng ko‘p sababchi bo‘luvchi uchinchi omilni topishdi. Bu haqda «Science Alert» yozmoqda.

Chidamli bakteriyalar...

Tadqiqotlarga ko‘ra, bakteriyalarning antibiotiklar (mikroblarga qarshi dori vositalari)ga chidamliligi 2019 yilda dunyo bo‘yicha 4,95 mln. kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Chidamli bakteriyalar jon olish borasida uchinchi o‘rinda turibdi.

Bakteriyalarning qanchalik ko‘p turlari antibiotiklarga bardoshli bo‘lsa, bemorlarning infeksiyalardan o‘lim ko‘rsatkichlari ko‘payib boraveradi — tadqiqotchilar bu haqda bong urishni boshlab yuborishdi.

Dunyo mintaqalarida chidamli bakteriyalar oqibatidagi o‘lim ko‘rsatkichlari.
Diagramma: THE LANCET 

 

Olimlarning ilgarigi taxminlarida 2050-yilga borib chidamli bakteriyalar oqibatidagi yillik o‘lim ko‘rsatkichlari 10 millionga yetishi aytilgandi. Bu raqamlar o‘ylaganimizdan ko‘ra yaqinroq yoki kattaroq bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda, 2019-yilda eng ko‘p o‘limga insult va yurak xastaliklari sabab bo‘lgan, keyingi o‘rinda — chidamli bakteriyalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring