Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqcha yeymiz, ortiqcha uy quramiz, ortiqcha to‘y qilamiz yoxud yukni yelkamizga kim ortayapti?

Ortiqcha yeymiz, ortiqcha uy quramiz, ortiqcha to‘y qilamiz yoxud yukni yelkamizga kim ortayapti?

Surat ochiq manbalardan olindi

G‘urur bilan aeroportga keldim. Oltinlar shu kuni 5 ta bo‘lgandi. Shu yurt bir butun ekaniga, jonim bilan sevishimga amin edim. Boshim baland edi. Yana 20-30 yilda rivojlangan davlatlar 15 taligiga kiramiz deb o‘yladim. Chunki bundan 20-30 yil oldin sportga e’tibor va mablag‘ yuqori darajada tikilgan edi. Ilm-fan, ta’lim, ayniqsa, qizlar ta’limi munosib darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini o‘ylab, shu xayollar bilan Istanbul aeroportining tashqi davlatlarga uchish bo‘limiga keldim. R degan qismda O‘zbek havo yo‘li uchun navbatga turibman. Kayfiyatni odamiman, xayollar meni rivojlanib ketgan yurtim bilan ovora qilayotgandi.

– Opa, yukingiz kam ekan, menikini olib o‘tib bering.

Yoshgina ayol hamma xayollarimni buzib yubordi.

– Kechirasiz, o‘zimniki yetarli.

– Qarang, 20 kilo ham chiqmaydi. Iltimos endi.

O‘zbekistonga uchayotgan odamlardan ko‘ra, atrofni uyum-uyum o‘ralgan yuku xaltalar bosib ketgandi. Hech qaysi o‘lka bo‘limida bunday emas. Huzur ham uchdi, xomxayol ham. Guruh-guruh ayol-juvonlar, yigitlar ham bor.

– Sotishga olib ketyapsizlarmi?

– Yo‘q, tirikchilik, yuk yetkazamiz.

Dam olish, medallar bir bo‘ldi-yu, bu manzara bir bo‘ldi. O‘zbek degan qiyofamni shu manzilda aniqroq ko‘rdim.

Ayollar quvlik bilan hali u yurtdoshini, hali bu yurtdoshiga yalinish bilan ovora. Xayolimga kelgan birinchi gap: Lo‘liiston!!! Lo‘lilar kabi ruhshunos bo‘lib ketishgan! Meni soddaligim yuz-ko‘zimdan ayon. Biri qo‘yib, boshqasi huzurimni buzaverdi. Tinch qo‘ymasliklari tayin edi.

– Bering. Nima o‘zi yukingiz?

– Bolalar kiyimlari.

Hatto xorijlikni ham qo‘liga 10 kilolik qutini topshirishdi.   Uddaburon!!!  

Hech qaysi bo‘limda nozir bo‘lmasa-da, ammo O‘zbekistonliklar uchun alohida mirshablar bor.

Nima bo‘lgan? Nega? Nima kam? Nima kerak? Ish yo‘qmi? O‘qish yo‘qmi? Nega xorijda o‘zbek ayoli bu qadar past «imidj»ni tanlayapti. Bosh ko‘tarib yurib bo‘lmadi, rosti. Istanbulda «o‘zbek ayoli» degan nom mashhur.

Navbatga turish ham «o‘shanday». Shovqiiin! Samolyot uchib ketib qolishidan qo‘rqar edik! Yana bir quvroq yukchi opa navbatsiz oldimga tiqildi.

Nachora….

Samolyot ichidagi manzara mening «rivojlanish» xayollarimga sira-sira to‘g‘ri kelmasdi. Hammaning bir-biri bilan ishi bor. Ehhh…

Singlimning yozg‘irishlari esimga tushdi.

– Joningni siqma, o‘zingni asra!

Styuardessaning ham styuardessaligi qolmadi. Hatto bir-biri bilan bu jamoada «energiyani saqlash» haqida nimalarnidar gaplashishayotganini eshitib qoldim.

Va xulosa qildim. Bizni kim bu holga soldi? Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lishimiz kerak emasmidi? Madaniyatlar beshigi ilma-teshik bo‘lib ketibdi, arava kabi, g‘iyqillab, yukchi millat bo‘lib ketibmizmi? Buni yelkamizga ortayotgan kim? Ortiqcha emasmi?

– Ortiqcha!!! Ortiqcha!!! Ortiqcha!!!

– Ortiqcha yeymiz! HA!

– Ortiqcha uy quramiz!

– Ortiqcha to‘y qilamiz!

– Ortiqcha manzirat!

Qornimiz kichik kaloriyali ovqatlarga to‘yadi, kichik uyda, minimal va komfort hayot kechirsak ham bo‘ladi, 50-100 kishilik to‘y qilsak, o‘lmaymiz. Shunday bo‘lganida, usti but, uyi bor, oilasi tinch o‘zbeklar ortiqcha yuk olib o‘tmas edi!!!

Ochlik

Nega sening tuyg‘ularing och

Ruhing och, qalbing och, nigohlaring ham,

Axir qorning to‘qku, libosing yal-yal.

(Borgunimcha, shunaqa satrlar kundaligimga bitgan ekanman)

Mayliyey, yana kayfiyatimni ko‘taray.

Fransiyadan qaytayotgan samolyotdagi manzaralar esa albatta o‘zgacha bo‘ladi!!! Chunki, unda To‘marislar, Temuriylar, Boburiylar bor!

Mahzuna Kamolovaning facebook sahifasidan olindi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring