Bajarilmay qolgan 17 loyiha, soliq to‘lashdan qochib yurgan nopok korxonalar, Ahmadboyga o‘qilgan hukm, nurayotgan «Yoshlar uyi», antiqa «Nokia», «OChL yulduzi» va kunning boshqa xabarlari
21-fevral ham O‘zbekiston va jahonda muhim voqea va hodisalarga, yangiliklarga boy bo‘ldi. Saytimizni kun davomida doimiy kuzatib borish imkoniga ega bo‘lmagan foydalanuvchilarimizga bugun e’lon qilingan eng sara maqola va xabarlarimizni jamlagan holda taqdim etamiz.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon qanday hujjatlarni imzolashadi?
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rejalashtirilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha 20dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev «O‘zavtosanoat»da 17 ta loyiha yetarli darajada bajarilmaganini tanqid qildi
2017-yilda 948 ta mahalliylashtirish loyihasidan 176 tasi bo‘yicha ishlab chiqarish boshlanmagani, 218 tasi bo‘yicha esa ishlab chiqarish prognozi bajarilmagan.
Iqtisodiyot
Har xil nopok korxonalarning soliq to‘lashdan qochib yurishiga chek qo‘yiladi
2018-yil 1-apreldan boshlab, mahalliylashtirish loyihalari bo‘yicha imtiyozlar to‘xtatiladi. Har xil nopok korxonalarning Mahalliylashtirish dasturiga kirib olib, soliq to‘lashdan qochishi uchun endi imkoniyat bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda «Visa» va «Mastercard» to‘lov tizimlari joriy etiladi
O‘zbekistonda shu yilning 1-sentyabriga qadar elektron pullar aylanmasini tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Jamiyat
Ahmadboyga hukm o‘qildi! (video)
Chinozlik Ahmadboy Tursunboyev Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.
Yangi qurilgan «Yoshlar uyi» nega nurab bormoqda?
Aksariyat xonadonlarga yaxshi ishlamaydigan, sifatsiz gaz plitasi hamda yuvinish jihozlari o‘rnatilgan. Qurilganiga hali ikki yil to‘lmasdan zinalarning ba’zi joylari, ayrim xonadonlarning devorlari yorilgan, deyarli barcha xonadonlar devori sho‘rlab bormoqda...
Bosh prokurorning yangi o‘rinbosarlari tayinlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maxsus farmon bilan O‘zbekiston Bosh prokurorining yangi o‘rinbosarlarini tayinladi.
Tanasidan ignalar topilgan chaqaloq haqida yangi tafsilotlar aytildi (video)
Huquq
Muhim yangilik! Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
Endilikda apellyasiya va kassatsiya instansiyasi sudlari to‘liq tergov davomida guvohlarni yoki qo‘shimcha shaxslarni so‘roq qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Bugundan fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar beriladi
Bugundan e’tiboran Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining yuridik klinikasi qoshida fuqarolar qabulini tashkil etmoqda.
Ta’lim
Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qaror imzolandi
Markazning faoliyatini tubdan yaxshilash maqsadida shtatlar birligi 150 nafar qilib belgilandi, endilikda uning tuzilmasi tarkibida oldingi mavjud boshqarmadan tashqari, yangidan tuzilgan 1 ta bosh boshqarma, 3 ta boshqarma, viloyatlardagi bo‘linmalari tashkil etildi.
Texnologiya
AKT vazirligi tizimida to‘rtta boshqarma tashkil etildi
Shuningdek, hududiy boshqarma boshliqlari maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlariga tenglashtirildi.
«Nokia» noodatiy revolver-kameraga ega smartfonni taqdim qiladi
Mazkur smartfon «Zeiss» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan beshta ob’yektivga ega va «aylanuvchan zum» texnologiyali noodatiy revolver-kameraga ega bo‘ladi.
Sport
«Navbahor-Lochinlari» hamda «Bunyodkor» futbol klublarining har biriga 500 million so‘m miqdorida jarima solindi. Nega?
OFK rasmiy sayti Odil Ahmedovni «OChL yulduzi» deb atadi. Uning 93 foiz uzatmasi aniq chiqqan
Xalk, Oskar va Vu Leyning harakatlari barchaning maqtoviga sazovor. Ammo buning zamirida yarim himoyadagi futbolchilar — Odil Ahmedovning mashaqqatli mehnati yotibdi.
Hajv
Majlis bo‘ladi, deb boshliq huzuriga kirib kelgan xodimlar xona o‘rtasida turgan g‘alati uskuna va oppoq xalat kiyib olgan yigitga ajablanib qarashardi. Kimdir bu uskunani «robot», desa, yana kimdir «kir yuvadigan moshina», – dedi pichirlab.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter