Yodgor Sa’diyevga yana bir mukofot topshirildi
O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek Milliy drama teatri bosh direktori, rejissyor, aktyor Yodgor Sa’diyev Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan ijodkor ziyolilarning xalqaro forumi doirasida «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofotiga sazovor bo‘ldi.
«Shaytanat»: va’da qilingan 21-qism qani?
2016-yili bergan intervyusida «Shaytanat» filmi rejissyori, prodyuseri va bosh rol ijrochisi Yodgor Sa’diyev turmush o‘rtog‘ining ruhini shod etish uchun so‘nggi qism ustidagi ishlarni yakunlash niyatida ekanligini aytgan edi.
Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatriga direktor bo‘ldi
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi.
Asadbekdan talab qilingan aliment. «Shaytanat» kitobi, kinosi, prototiplari va... hammasi haqida
Xabaringiz bor, «Zo‘rTV»da ko‘p qismli «Shaytanat» badiiy filmi namoyish etila boshlandi. Vaholanki, u ikki yil muqaddam davlat telekanalida ko‘rsatilishi kutilgan, hatto e’lon qilingan edi. O‘shanda saytimizda ushbu asar muallifi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ikkita suhbat berilgandi.
Zokirjon Almatov hamda Yodgor Sa’diyev hayot yo‘li va tajribalarini o‘rtoqlashdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov bilan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
«Shaytanat» kitobi, kinosi, prototiplari va... hammasi haqida (ikkinchi suhbat)
Ba’zan mendan: «Asadbekday odamning hayotda bo‘lishini xohlarmidingiz?», – deb so‘rashadi. Bu savolga javobim qat’iy: yo‘q. U qanchalik mard bo‘lmasin, qanchalik jabrdiyda bo‘lmasin, jamiyatimizning bundaylardan xoli bo‘lishini istardim. Asadbeklar bizning jamiyatimizda yashashga haqli emas!
«Shaytanat» kitobi, kinosi, prototiplari va... hammasi haqida (video)
Bu voqealarni yozishdan asosiy maqsadim odamlarni ogohlantirish edi. «Odamlar, ko‘rib qo‘yinglar, befarq yurmanglar, siz bilan bizning yonimizda ko‘zga ko‘rinmas, ammo vahshiy bir olam borki, undan o‘zingiz ham ehtiyot bo‘ling, ayniqsa, farzandlaringizni asrang, toki bu olamga bandi bo‘lib qolishmasin. Bu olamning bittagina eshigi bor. Kirdingmi, tamom, o‘z oyog‘ing bilan qaytib chiqishing mahol, kafansiz ketishing aniqroq...», – demoqchi bo‘lganman.
«Shaytanat» teleekranlarga qaytmoqda. Efir kuni ma’lum bo‘ldi
Bu asarning dastlabki kitoblari asosida suratga olingan «Shaytanat» seriali ham tomoshabinlarning juda kuchli qiziqishiga sabab bo‘lgan. Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.