
Katta miqdordagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Toshkentda katta miqdordagi noqonuniy dorilar savdosining oldi olindi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Sh.K. va boshqalar 32 turdagi jami 42 777 dona sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini fuqaro D.Q. dan qilib olgan paytida ushlangan.

Bir guruh shaxslardan juda ko‘p miqdordagi dori vositalari musodara qilindi
Toshkent shahrida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan bir guruh shaxslardan juda ko‘p miqdordagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimi rivojlantiriladi
«O‘zmedimpeks» va «Tibbiyot texnikalariga xizmat ko‘rsatish o‘quv-ishlab chiqarish markazi» davlat muassasalari negizida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Xaridlar markazi hamda Markazning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi.

Ikkita nomdagi dori vositasining qalbakilashtirilganligi aniqlandi
O‘tgan haftada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahri hamda Toshkent, Namangan, Andijon, Xorazm hamda Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbilar o‘tkazilgan.

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-971-son, 05.10.2024 y.) bilan ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Chegarada yashirin yerosti yo‘li aniqlandi
Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yo‘li (tunnel) aniqlandi va Hindistonda ishlab chiqarilgan 1 mlrd. so‘mlik dori vositalari olindi.

Joylarda qariyb 2 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar fosh qilindi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi, 28 yoshli shaxs «Banksef», «Zanasef», «Gansef» va «Gandsef» nomli jami 3 ming 767 dona dori vositalarini 54 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U dori vositalarini mazkur tumanda yashovchi, 28 yoshli fuqarodan olgan.