
«O‘zbekistondan o‘g‘irlab ketilgan boyliklarning sanog‘i yo‘q. Bunda ayrim rahbarlarning qo‘li bor edi» — Bojxonaning birinchi rahbari
Nazarimda, O‘zbekiston davlatining boy yoki kambag‘al bo‘lishi – ularni zig‘ircha ham qiziqtirmagan. Aksincha, shaxsiy boylik qiziqtirgan, xolos. Aslida «Hamma gapingiz to‘g‘ri», deb turadi. Amalda o‘sha ishlarga ruxsat berib yuboraverardi. Bu yog‘da esa «vatanparvarlikdan» falsafa so‘qadi... Hozir yashab turgan dang‘illama uylarini ham – o‘sha yillari qurgan. Nima, davlat bergan oylik hisobidan qurganmi ularni?..