Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zidan sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Zidan sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Foto: «Football.ua»

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 2019-yil yozida Turinning «Yuventus»iga bosh murabbiy bo‘lib kelishi mumkin. Bu haqda «Mundo Deportivo» xabar bergan.

Nashrning yozishicha, Allegri garchi shartnomasi 2020-yil yozigacha tuzilgan bo‘lsa-da, 2018/19-yil mavsumi tugashi bilan turinliklar safini tark etish istagini bildirgan. Uning o‘rniga katta ehtimol bilan Zidan keladi.

Allegri «Yuventus»ni 2014-yil iyulidan beri boshqaryapti. Uning boshchiligida turinliklar Italiya chempionati va kubogida to‘rt karra zafar quchishdi, qolaversa superkubok sohibiga aylanishdi.

Zidan esa madridliklarni uch karra Yevropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring