Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir oltin! Ruslan Nuriddinov Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi!

Yana bir oltin! Ruslan Nuriddinov Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi!

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining sakkizinchi kunida ham sportchilarimiz terma jamoamiz hisobiga medallar taqdim etishda davom etishmoqda.

Bugun, 26 avgust kuni og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov ham shohsupaga ko‘tarildi. U dast ko‘tarish bahslarida 191 kg, siltab ko‘tarishda 230 kg, umumiy 421 kg natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi! Bu natija Osiyo o‘yinlarining yangi rekordi hamdir.

Eslatib o‘tamiz, bugungi musobaqalarda og‘ir atletikachimiz Omadoy Otaqo‘ziyeva kumush medal sovrindoriga aylandi.

17 yoshli sportchimiz Abdumalik Salimov hamda bronza medali sohibi bo‘ldi. Karate WKF bo‘yicha -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov ham Osiyo o‘yinlarini medalini qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring