Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir bokschimiz jahon chempionatidagi ishtirokini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Yana bir bokschimiz jahon chempionatidagi ishtirokini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Foto: «Ufcboxuz»

-75 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Saidjamshid Ja’farov JCh-2021 dagi ishtirokini slovakiyalik Lukas Fernetsaga qarshi jang bilan boshladi.

Saidjamshid jangda to‘liq ustunlikka erishdi. Hakamlar yakunda o‘zbekistonlik sportchining 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa u keyingi bosqichga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha -67 kg vaznda bokschilarimizdan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda -80 kg toifasida Odiljon Aslonov 1/16 finalga yo‘l olgani, lekin -51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov jahon chempionatini tark etgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring