«Xavfli haydovchi»: Konor Makgregor sud qilinadi
Ikki vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor avtomobilni xavfli boshqargani uchun Dublinda qo‘lga olindi. Shuningdek, unga qarashli 170 ming dollarlik «Bentley» mashinasi vaqtincha musodara qilindi, deb xabar berdi «Championat.com».
Makgregor garov evaziga ozodlikka chiqdi, biroq aprel oyida sud qilinadi.
Irlandiyalik jangchi 2017-yilda ham yo‘l qoidasiga rioya qilmay qo‘lga tushgan, tezlikni oshirgani uchun 400 yevro jarima to‘lagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter